"Rostov" Shomurodovga Norvegiyadan o‘rinbosar topdi

  • 23 dekabr, 2019, 22:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostov" klubi Norvegiyaning "Odd Grenland" jamoasi hujumchisi Torgeyr Bervenning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Riafan.ru axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra rostovliklar 28 yoshli norvegiyalik futbolchini qishki transferlar davrida jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. Uning transferi esa rus klubiga 3,5 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Berven yakunlangan mavsum Norvegiya chempionatida 21 ta gol bilan to‘purar bo‘ldi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa 19 ta turdan so‘ng RPL to‘purarlar jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Uning hisobida 10 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farruhbek Mamarazikow
23/12/2019 22:54
Муртозаев растовда янада очилармиди