"Rostov" bosh murabbiyi: Chempionlik poygasi? Bu juda kulgili

  • 29 oktabr, 2019, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpinning so‘zlariga ko‘ra joriy mavsum uning jamoasi premer-liga chempionligi uchun asosiy da’vogar hisoblanmaydi.

Tecno

“Chempionlik poygasi – bu jurnalistlar va muxlislarning gapi. “Rostov”ning chempionlik poygasida ekanligi haqida eshitish men uchun juda kulgili. Afsuski, futbolchilar jadvalga qarab turishadi. Chempionlik poygasi haqida o‘ylashimizga hali ancha erta deb o‘ylayman. Chunki biz oddiy jamoamiz. Qachonki hamma 150 % kuch bilan ishlasagina biz chempionlik uchun kurashishimiz mumkin”, - deydi Karpin.

Ma’lumot uchun, “Rostov” ortda qolgan 14 ta turdan so‘ng 29 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Ularni peshqadam “Zenit”dan bor yo‘g‘i 3 ochko ajratib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!