
Rossiyalik futbolchi Shomurodovning sobiq jamoasini mensimadi
Eldor Shomurodovning kuchli beshlikdagi ilk klubi “Jenoa”ni ukrainalik Andrey Shevchenko boshqarayotganidan xabaringiz bor. Bu murabbiy Genuya klubiga “Atalanta”ning ikki futbolchisi – rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Miranchuk va italiyalik hujumchi Roberto Pikkolini sotib olish huquqisiz “Jenoa”ga ijaraga olib kelishni istamoqda.
Har ikki jamoa mutasaddilari bu transferlarga rozilik bergandi. Biroq, bergamoliklar Duvan Sapata jarohat olgani tufayli Pikkolini qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi.
Aleksey Miranchuk esa, “Jenoa”ga o‘tishdan bosh tortmoqda. Rossiyalik futbolchi buni ortga tashlangan qadam va noto‘g‘ri qaror, deb qabul qildi.
“Atalanta” rahbariyati Miranchukni fikrini o‘zgartirishga va ijaraga ketishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.
“Jenoa” agar “Atalanta” Alekseyni Genuyaga kelishga ko‘ndirsa, 2,5 million miqdorida ijara puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar