Rossiyada mavsum qachondan davom ettirilishi mumkin?
Rossiya futbol ittifoqi va Rossiya premer-ligasi rahbariyati bugun mavsumning davom ettirilish sanasi masalasini muhokama qilishdi.
Unga ko‘ra, tomonlar mavsumni davom ettirish bo‘yicha 2 ta sanani ko‘rib chiqishmoqda. Birinchi variantga ko‘ra mavsum 21 iyun kuni boshlanadi va 2 avgust kuni yakunlanadi. Ikkinchi variantda esa o‘yinlar 28 iyundan boshlanadi.
Ta’kidlash kerakki, hozirgacha Rossiyada koronavirusga chalingan insonlar 90 mingtaga yaqinlashib qoldi.



Fikrlar