
Rossiya terma jamoasi Toshkent va Bishkekda o‘tadigan turnirda qatnashmaydimi?
Rossiya ommaviy axborot vositalari mamlakat terma jamoasi Markaziy Osiyo chempionati (CAFA)da katta ehtimol bilan qatnashmasligi borasida yozishmoqda. Bu haqda taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev Telesport telegram kanaliga tayanib xabar berdi.
Rossiya futbol ittifoqi turnirda ishtirok etish uchun shartnomani 31 martgacha imzolashi kerak edi. Ammo bu hali ham amalga oshmagan.
Kelasi hafta boshida CAFA turniri ishtirokchilarining yakuniy ro‘yxatni e’lon qilishi va taklif etilgan ikki mehmonning birini Ummon jamoasi egallashi kutilmoqda. Ikkinchisini Rossiya band qilgandi. Ammo ular musobaqada qatnashishdan bosh tortsa, alternativ variant borligi aytilmoqda.
Ravshan Ermatov Rossiya terma jamoasining ishtiroki CAFA turniriga nima berishi haqida gapirdi
O‘zbekiston, Eron, Rossiya ishtirok etadigan CAFA musobaqasi qaysi stadionlarda o‘tishi ma’lum qilindi
Ummon terma jamoasining turnirdagi ishtiroki qiziq, chunki O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralash turniriga qur’a tashlash marosimida birinchi savatchaga ko‘tarilish uchun ushbu raqib bilan kurashiga bevosita ta’sir o‘tkazadi.
Oldinroq, 9-21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionati o‘tkazilishi borasida xabar bergandik.
Fikrlar