
Rossiya terma jamoasi sobiq murabbiyi: "OFK qit’asiga o‘tishdan ma’no yo‘q"
Stanislav Cherchesov Rossiya futbolining Osiyo qit’asiga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
- Rossiyaning Osiyoga o‘tishi haqidagi gaplarga qanday qaraysiz?
- Mendan bu mavzu haqida tez-tez so‘rashadi. Men oddiygina javob beraman. OFK boshqa sayyorada joylashganmi? U ham FIFA a’zosi.
Mayli, biz Osiyoga ko‘chdik ham deylik. Nima o‘zgaradi. U erda polyaklar biz bilan UEFAda o‘ynashni xohlamadi. Bu erda yaponlar yoki avstraliyaliklar o‘ynashni xohlamaydilar. Shunda biz nimaga erishgan bo‘lamiz. Agar Evropada biz bilan o‘ynashni istamaydiganlar bo‘lsa, Osiyoda ham bundaylar albatta bo‘ladi.
Bizni OFK bu erga keling chaqirishyaptimi? Yo‘q. Shuning uchun biz illyuziya qurmasligimiz kerak. Balki o‘z ishimizni o‘ylashimiz kerak. Klublar o‘ynayapti, futbol o‘smoqda, futbolchilar shu orqali Evropaga ketishyapti.
Hammasi joyida bo‘lsa, biz tez orada o‘z vatanimiz UEFAga qaytamiz", - dedi Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi.
Fikrlar