Rossiya Superkubogi. "Zenit" o‘z maydonida "Spartak"ni tor-mor keltirdi

  • 9 iyul, 2022, 23:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" va "Spartak" jamoalari o‘rtasidagi Rossiya Superkubogi uchun bellashuv nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Dastlab, Ivan Sergeev shedevr goli bilan hisobni ochdi, uning zarbasidan so‘ng to‘p darvozaning yuqori burchagidan joy oldi. Shundan keyin Malkom, Vendel hamda Mateo Kasserra o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, mamlakatning amaldagi chempioni "Zenit" Superkubokka ham ega chiqdi. Moskvaliklar futbolchisi Oston O‘runov mazkur bahs qaydnomasiga kiritilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!