"Rossiya Qahramoni" unvoniga Habib Nurmagomedovdan ko‘ra, Emelyanenkolar munosibmi?

  • 23 noyabr, 2020, 10:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovga “Rossiya Qahramoni” unvonini berish tashabbusi to‘g‘risidagi o‘z fikrlarini  “Vseprosport” nashriga bayon etdi.

Tecno

- U ajoyib, MMA uchun ko‘p ish qildi. Juda zo‘r xizmatlarni amalga oshirdi. Ammo bu borada kimgadir “Rossiya Qahramoni” unvonini beradigan bo‘lsangiz, unda birinchi navbatda Emelyanenko familiyasi turadi.

- Qaysi biringiz, sir bo‘lmasa?

- Ahamiyati yo‘q. Biz asoschi  va birinchi chempionlarmiz. Fyodor so‘zsiz hammadan oldinda edi va hali ham ishlashni davom ettirmoqda.

- Agar, Habib faoliyatini davom ettirsa, mukofot olish ehtimoli yuqori bo‘larmidi?

- U erta ketishini e’lon qildi. Nurmagomedov o‘zining eng yuqori cho‘qqisida va katta natijalarga erishdi. Bir yilda ikkita jang o‘tkazdi. Vaholanki, yana 10 marta jang qilishi mumkin edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!