Rossiya premer-ligasida o‘ynagan futbolchi qanday qilib "Lokomotiv"ga kelib qolgandi?

  • 3 may, 2020, 10:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z safiga Rossiya premer-ligasi vakili – “Orenburg” jamoasida to‘p surgan hamyurtimiz Vadim Afoninni taklif etdi. Shu tariqa, u endilikda temiryo‘lchilarning a’zosiga aylandi.

Tecno

Ammo ko‘pchilik Afoninni “Orenburg”dan ketib, “Loko”da to‘p surishini kutmagan bo‘lsa ham kerak. Qiziq, Vadimning u erdan ketishiga va “Lokomotiv”ga kelishiga nima sabab bo‘lgan?

- Oxirgi paytlarda menda “Orenburg”da unchalik ko‘p o‘yin vaqti bo‘lmayotgandi. Shuning uchun ham rahbariyat hech qanday muammosiz mening ketishimga imkon berishdi. Bu orada esa Andrey Fyodorov bilan muloqot qildim. Shunda u menga faoliyatimni “Lokomotiv”da davom ettirishni taklif qildi va men bundan juda xursandman, - deya o‘z fikrini bildirdi Afonin.

Tez orada saytimiz orqali ushbu o‘yinchi bilan uyushtirilgan suhbatni o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dovud
05/05/2020 14:30
Shu kamidi uzi lokomotivga