
Rossiya premer-ligasi. Ikki legionerimiz jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Rossiya chempionati 10-tur uchrashuvlari start oladi. Unda hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p tepadigan "Ural" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Jamoa uyida "Axmat" klubiga qarshi saf tortadi. Uchrashuv 14:00 da start oladi va "Match Premer" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Shuningdek, yana bir legionerimiz Hojimat Erkinov harakat qiladigan "Torpedo" ham bugun maydonga tushadi.
16:00 da boshlanadigan "Torpedo" - TsSKA uchrashuvi "Match Premer" telekanali orqali jonli namoyish etiladi. Shu tariqa, bugun 10-tur o‘yinlari boshlanadi.
Fikrlar