
Rossiya premer-ligasi. Erkinov jamoasida "tozalash" ishlari boshlandi
"Torpedo" jamoasi rahbariyati klubda "tozalash" ishlarini boshlab yubordi. Jamoa bugun bosh murabbiy va sport direktori bilan xayrlashganini ma’lum qildi.
Hozirda moskvaliklar 5 o‘yindan so‘ng atigi 1 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Shu sabab bosh murabbiy Aleksandr Borodyuk o‘zaro kelishuv asosida jamoani tark etadigan bo‘ldi.
Shuningdek, klub sport direktori Maksim Lyapin bilan ham kelishuv bekor qilindi. U "Torpedo"da 2020 yil iyun oyidan beri ishlab kelayotgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hojimat Erkinov to‘p tepadigan jamoaga yangi bosh murabbiy Aleksandr Kerjakov bo‘lishi kutilmoqda. U avval boshqa legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qiladigan "Nijniy Novgorod"ga ustozlik qilgandi.
Fikrlar