Rossiya kubogi. Legionerimiz maydonga tushmagan bahsda "Nijniy Novgorod" penaltilar seriyasida zafar quchdi

  • 13 sentabr, 2022, 19:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Kubogi 2-tur uchrashuvlariga start berildi. Biz uchun ahamiyatlisi, bugun legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qilayotgan "Nijniy Novgorod" o‘z o‘yinini o‘tkazdi.

Tecno

Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Penaltilar seriyasida esa omad nijniy novgorodliklarga kulib boqdi - 5:3. Shu tariqa, seriyada g‘alaba qozongan jamoa 2 ochko egasiga aylandi. 

Bu bellashuvda hamyurtimiz zaxirada qoldirildi. Bosh murabbiy unga dam olish imkonini taqdim etdi. 

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi turda Yo‘ldoshev jamoasiga "Krasnodar"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin 28 sentyabr sanasiga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!