
Rossiya kubogi. Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning jamoasi pley-offda o‘ynaydi
Rossiya kubogi guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Nijniy Novgorod" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda moskvaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.
"Temiryo‘lchilar" safida Tiknizyan, Kamano va Izidor tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar hujumchisi Suleymanov asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda bir marta javob qaytardi.
Shu tariqa, "Loko" 11 ochko to‘plagan holda, 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. 3-pog‘onani band etgan novgorodliklar "Zenit", "Axmat" hamda "Torpedo" kabi jamoalar bilan pley-offda o‘ynaydi.
Fikrlar