Rossiya klublarining imkoniyati pasaydi

  • 23 oktabr, 2020, 16:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evrokuboklarda ishtirok etish uchun UEFAning foiz ko‘rsatkichlarida o‘zgarish yuzaga keldi.

Tecno

Portugaliya ettinchi o‘rinni egallab turgan Rossiya bilan oradagi farqni kengaytirib olgan bo‘lsa, ruslardan bitta pog‘ona ortda qolayotgan Belgiyaning ochkolari ko‘paydi.

Chempionlar ligasi doirasida "Zenit" "Bryugge" (1:2) klubiga imkoniyatni boy began bo‘lsa, "Lokomotiv" o‘z uyida "Zaltsburg" (2:2) bilan durang o‘ynadi va "Krasnodar" safarda "Renn"ga (1:1) qarshi uchrashuvda murosa ko‘chasini tanladi. Evropa ligasida esa, TsSKA safarda "Volfsberger"ni (1:1)mag‘lub etolmadi.

Evropa ligasida Belgiyaning 3 ta klub qatnashmoqda. "Standart" klubi "Reynjers"ga, "Gent" jamoasi "Slovan"ga yutqazib qo‘ydi, "Antverpen" "Lugodorets"ni taslim etdi. Ushbu musobaqada Portugaliyaning ikkita jamoasizafar quchishga erishdi: "Benfika" "Lex"ni (4:2) engan bo‘lsa, "Braga" AEKni (3:0) dog‘da qoldirdi.

Chempionlar ligasida Belgiya sharafini faqat "Bryugge" himoya qiladi, "Manchester Siti"ga yutqazib qo‘ygan "Portu" Portugaliya klubi hisoblanadi.

Evrokuboklardagi tur o‘yinlaridan keyin, Portugaliyaning ochkolari soni 41,749 taga etdi. Bu borada, Rossiya 37,049 ochkoga ega, sakkizinchi o‘rindagi Belgiya hisobida esa 33,700 ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!