Rossiya Evropa termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin!

  • 4 dekabr, 2024, 18:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya terma jamoasi UEFA va FIFA sanktsiyalari tufayli faqat o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashishi mumkin. Sanktsiyalar paytida Valeriy Karpin shogirdlari faqat Evropadan faqat Serbiya bilan o‘ynadi. 

Rus nashrlarining xabariga ko‘ra, Rossiya termasi Bolgariya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Bolgariya futbol federatsiyasi texnik direktori Kirill Kotev fikr bildirdi.

"Kelgusi yili Bolgariya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lishi mumkinmi? Juma kuni jamoalarimizning ehtimoliy o‘yinlari haqida gaplashamiz. RFU bizga ushbu o‘yin taklifi bilan xat yozdi", - dedi Kotev.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Bruney (11:0) va Suriya (4:0) termalarini mag‘lub etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!