Rossiya EChL finalining Sankt-Peterburgdan olib qo‘yilishiga munosabat bildirdi

  • 25 fevral, 2022, 19:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov UEFAning 2021/22 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finalini o‘tkazish huquqini Sankt-Peterburgdan olib qo‘yilishi haqidagi qarori haqida fikr bildirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, EChL finali 28 may kuni Parijdagi “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tishi belgilandi.

"Bunday qaror qabul qilingani achinarli, albatta. Bilasizmi, Sankt-Peterburg ushbu futbol bayramini o‘tkazish uchun eng yaxshi va juda qulay sharoitlarni ta’minlashi mumkin edi, ammo qaror qabul qilingan", - deya Peskovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi R-Sport.

UEFA Ijroiya qo‘mitasi Rossiya harbiylarining Ukraina hududidagi maxsus operatsiyasi tufayli Chempionlar ligasi finalini boshqa shaharga ko‘chirishga qaror qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!