
Ronalduning yoniga “Manchester Yunayted”ning ikki futbolchisi keladi
Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” klubi “Manchester Yunayted”ning yana ikki o‘yinchisini transfer qilmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, saudiyaliklar o‘ng qanot himoyachisi Aaron Uan-Bissaka va yarim himoyachi Kazemironi olib kelishni rejalashtirmoqda.
“An-Nasr” bu transferlar orqali jamoaning himoya chizig‘i va maydon markazini kuchaytirishni ko‘zlayapti. Nishondagi har ikki futbolchi hozirgi jamoasida Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p tepgan.
Kazemiro va Uan-Bissakaning manchesterliklar bilan shartnomasi yana bir necha yil davom etishi sababli arablar bu transfer uchun pul tikishi talab etiladi.
Fikrlar