Ronalduning taqdiri hal bo‘ldi

  • 20 iyun, 2022, 17:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu va "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag yangi mavsum oldidan suhbat o‘tkazdi. Unda tomonlar portugaliyalikning "Old Trafford"dagi kelajagini muhokama qildi.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tgan. Tomonlar Krishtianu kelasi yilni ham “qizil iblislar” safida o‘tkazishiga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rimning “Roma” klubi Ronalduga jiddiy qiziqish bildirgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

37 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumda APL doirasidagi 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 3 ta assistni yozdirib qo‘ygan. Forvardning mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!