Ronalduning "otning kallasidek" maoshini kim to‘laydi?

  • 2 fevral, 2023, 18:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Bilamizki, Ronaldu hozirda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.Portugaliyalik futbolchi "An-Nasr"da yiliga taxminan 175 million funt (200 million evro) oladi.

Tecno

"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, "An-Nasr”ning o‘zi bu summaning atigi 10 foizini to‘laydi. Qolgan 90 foiz Saudiya Arabistoni byudjeti hisobidan qoplanadi.

"Bu futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri bilan yonma-yon bo‘lish imkoniyatidir. Bu bizning klubimiz, Saudiya Arabistoni va butun mintaqa uchun tarixiy lahzadir", - dedi riyodliklar manbasi.

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.

37 yoshli portugaliyalik Ar-Riyod klubi safida o‘tkazilgan 2 ta o‘yinda maydonga tushib, sermahsul harakatlari bilan ajralib turmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!