
Ronalduning miyasi boshqalarnikidan tezroq ishlaydimi?
Qatarning “Al-Duxail” klubi himoyachisi Mexdi Benatia “Yuventus”dagi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
“Ronaldu - futbolchi sifatida ham, shaxs sifatida ham birinchi raqam. U juda aqlli, hatto maydondan tashqarida ham. Uning miyasi hamisha boshqalarnikidan tezroq ishlaydi. Men uning do‘sti ekanligimdan xursandman va unga hamisha omad tilayman”, - deydi Benatia.
35 yoshli Ronaldu joriy mavsum "Yuve" safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 25 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar