Ronalduning jamoasi 100 million funtga superfutbolchi oladigan bo‘ldi

  • 12 aprel, 2024, 11:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”ga ko‘chib o‘tish orqali Evropaning mashhur o‘yinchilariga Saudiya Arabistoni chempionatini kashf qilib berdi.

“An-Nasr” rahbariyati yana bir katta transferga qo‘l urmoqda. Riyodliklar “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyneni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Arablar belgiyalik futbolchini yozda transfer qilmoqchi va buning uchun “shaharliklar”ga 100 million funt to‘lashga tayyor.

TeamTalk nashrining yozishicha, “An-Nasr” mutasaddilari rejasiga ko‘ra, 32 yoshli pleymeyker jamoada Krishtianu Ronaldu va Sadio Mane kabi yulduzlar bilan birga hujum uchligini tashkil qilishi kerak.

Kevin de Bryuynening manchesterliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!