Ronalduning bozori qaynayapti
Ispaniyaning AS nashri “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldugi Evropaning bir necha katta klublari da’vogarlik qilayotganini yozdi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Bavariya”, “Chelsi”, “Atletiko” va “Napoli” yozgi transferlar oynasi yakunlangunicha portugaliyalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
E’tiborli tomoni shundaki, bu jamoalarning bari kelasi mavsum Chempionlar ligasida qatnashadi. Bu Ronalduning o‘ziga da’vogar jamoalarga qo‘ygan asosiy talab hisoblanadi.
“Manchester Yunayted” Evropaning eng nufuzli turniriga chiqolmagani bois, bu musobaqada usluksiz 15 yildan beri qatanashib kelayotgan Ronaldu klubdan ketishga qaror qilgan.



Fikrlar