Ronalduning aybi isbotlandi

  • 26 oktabr, 2020, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya sport vaziri Vinchentso Spadafora “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus pandemiyasi davridagi tibbiy protokolni buzganiga amin ekanini ta’kidlamoqda.

Tecno

Ma’lumki, Portugaliya terma jamoasi yig‘inida ishtirok etgan Ronaldu 13 oktyabr kuni o‘zida koronavirus aniqlanganidan keyin Turinga kelgan va  karantinga olingan edi.

- Ronaldu protokolga amal qilmagan. Bu tekshiruvlar natijasida o‘z isbotini topdi. Biz futbolni to‘xtatmoqchi emasmiz. A Seriya o‘zi joriy qilgan protokolga amal qilmayapti, - deydi  Vinchentso Spadafora.

Yangi mavsumda Krishtianu Ronaldu ikkita uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!