Ronalduning 6 daqiqada kiritgan dubli "Yuventus"ga muhim g‘alabani olib berdi

  • 3 may, 2021, 00:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Italiya A Seriyasining 34-turidan o‘rin olgan “Udineze” hamda “Yuventus” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Qiziqarli kechgan o‘yin 1:2 hisobida turinliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “keksa sinora”ga 3 ochko keltirgan har ikkala golga ham Krishtianu Ronaldu (83', 89') mualliflik qildi. “Udineze”ning yagona javob golini Nauel Molina (10') kiritdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Yuventus” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 69 taga etkazib oldi va 3-o‘ringa ko‘tarildi. Hisobida 39 ochko bo‘lgan “Udineze” esa 11-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!