
Ronaldunikida bir yil yashadim
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Anderson mashhur yulduz Krishtianu Ronalduning uyida yashagani haqida gapirib berdi.
- Nani ikkimiz Krishtianu Ronalduning uyida deyarli bir yil yashadik. Mashg‘ulotlar 9:30 da belgilanar edi, biz esa, 6:30 dan bazaga borib turardik. Chunki Krishtianu Ronaldu bizni o‘zi bilan olib ketardi.
Agar Ronalduning mentalitetidan besh foizi menda bo‘lganida o‘sha davrning eng zo‘r futbolchilari reytingida “top-20”ga kirgan bo‘lardim.
Kelishim bidan Ronalduning uyiga borganman. Undan minnatdorman. Krishtianu bizga g‘amxo‘rlik qilgan. Biz xarajat qilmas edik. Ronaldu mashg‘ulotlarga olib borardi, biz uchun maxsus oshpazlarni yollagan edi. Hovlisida basseyn, jakuzi, tennis korti bo‘lardi, - dedi Anderson.
Fikrlar