Ronalduni "uxlatib ketishdi"

  • 20 sentabr, 2021, 18:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu firibgarlar qurboniga aylandi. Gap shundaki, uch yildan ko‘proq vaqt davomida sayohat kompaniyasi xodimlari portugaliyalik futbolchini aldab kelgan.

Tecno

Agentlar Krishtianuning ishonchiga kirgan holda uning kredit karta va kodlarini o‘zlashtirib olgan. Bu haqda "Jornal de Notícias" portali xabar beradi.

2007 yil fevraldan 2010 yil iyulgacha Ronalduning "MYu" va "Real"dagi faoliyati davomida qalloblar uning nomidan aslida u amalga oshirmagan 200 dan ortiq sayohatiga buyurtma bergani aytilmoqda.

Futbolchiga keltirilgan umumiy zarar - 288 ming evroni tashkil etadi. Xabar qilinishicha, Ronalduning bundan xabari bo‘lmagan.
Bu borada "Krish" yagona qurbon emas. Uning agentlari Jorj Mendesh, Manuel Fernandesh hamda jamoadoshi Nani ham aldanganlar orasida bo‘lgan.

Firibgar allaqachon Porto sudi tomonidan 2017 yili to‘rt yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Endi u jabrlanuvchilarga etkazilgan zararlarni oylik to‘lovlari bilan qoplashiga majbur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!