Ronalduni qo‘llab, Messidan yuz o‘girishmoqda

  • 22 mart, 2023, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi raqobat ijtimoiy tarmoqlarda ham davom etmoqda. Bu borada portugaliyalik yulduzning imkoniyati ancha yuqori ekani ko‘rinib qoldi.

Tecno

So‘nggi bir oy mobaynida Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 15 millionga ko‘paygan.

Lionel Messida buning teskarisi kuzatilmoqda. Argentinalik jahon chempioni sahifalariga a’zo bo‘lgae 577 ming nafar muxlis bir oy mobanida obunani bekor qildi.

Shuningdek, Kilian Mbappeda ham pasayish kuzatilyapti. Bir oy ichida frantsiyalik yulduz sahifalarini 250 ming kishi tark qildi.

Mutaxassislarning taxminicha, Messi va Mbappe ijtimoiy tarmoqlaridagi pasayish, PSJning Chempionlar ligasini erta tark etgani bilan bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!