
Ronalduni Messi va Neymar yordamida engganman!
Urugvaylik mashhur hujumchi Luis Suares Neymar va Lionel Messi bilan birga “Barselona”da o‘ynagan davrini esladi.
- Men 2016 yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu bilan “Oltin butsa” uchun raqobatlashganimda Messi va Neymar menga juda katta yordam berishgan.
Ular penaltini tepishni menga qoldirishardi va golli vaziyatga olib chiqadigan ko‘p pas berishardi. Men ko‘proq to‘p kiritishim uchun yordamlashishardi.
Xullas, o‘sha yili ikki jamoadoshim to‘purarlik sovrini yutishimga ko‘maklashgan. Bu holat uch nafar yulduz bir jamoaga sig‘ishini va foyda keltirishini isbotlaydigan yana bir qo‘shimcha isbotdir, - dedi Luis Suares.
2015-2016 yilgi mavsumda Luis Suares “Barselona” safida barcha turnirlarda 40 to‘p kiritib, “Oltin butsa” sohibi bo‘lgan.
Fikrlar