
Ronalduga zo‘r laqab qo‘yishdi
Ispaniyaning AS nashri “Manchester Yunayted” muxlislari jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduga ajoyib laqab qo‘yishgani haqida xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar futbol ishqibozlari portugaliyalik futbolchini “agent 007”, deb atashmoqda. Chunki Ronaldu yangi mavsumda ettita o‘yin o‘tkazib, birorta samarali harakatni amalga oshira olmadi.
Ronalduning mavsumoldi yig‘inini o‘tkazib, yuborgani o‘ziga qimmatga tushdi. Portugaliyalik yulduz agenti Jorje Mendesh unga Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoa qidirayotgan paytda o‘z yurtida individual tarzda shug‘ullandi.
Portugaliyalik futbolchining manchesterliklar bilan hamkorligi mavsum oxirida yakunlanadi.
Fikrlar