Ronalduga yangi raqobatchi kelyapti

  • 5 oktabr, 2020, 13:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish maqsadida Federiko Kezani “Fiorentina”dan ijaraga oladigan bo‘ldi.

Tecno

Klublar bu transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi. Turinliklar joriy mavsum yakunlanganidan keyin Kezani 50 million evroga sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

“Yuventus”  22 yoshli hujumchining o‘zi bilan 2025 yilgacha shartnoma shartlarini kelishib olgan. Bugun Keza tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnomaga imzo chekadi.

Ta’kidlash joizki, “Fiorentina” ham o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomuodovga qiziqqan edi. Biroq, hamyurtimiz “Jenoa”ga o‘tib ketdi.

“Yuventus” yozgi transferlar vaqtida ispaniyalik hujumchi Alvaro Moratani ham qo‘lga kiritgandi. Morata va Keza jamoaning asosiy to‘purari bo‘lish uchun Krishtianu Ronaldu bilan raqobatlashishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Окаси
05/10/2020 17:40
Роналду-бу Роналду!!! Бу ерда Мората билан Кьеза рақобатлашади, деса, тўғри бўлади. Яқин икки уч йилда Роналду тахстдан тушмайда, бу аниқ.
Benazir mix
05/10/2020 19:27
Топпа ториии