Ronalduga “An-Nasr”da nima yoqmayotgani oshkor bo‘ldi?

  • 5 yanvar, 17:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadagi kelajagi mavhum bo‘lib turganidan bezovta bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Tecno

TEAMtalk nashrining yozishicha, yozda shartnomasi tugaydigan 39 yoshli futbolchi bu klub bilan hamkorlikni uzaytirish borasida ikkilanib turibdi.

Gap shundaki, Ronaldu “An-Nasr” bilan Saudiya Arabistoni chempionati va Osiyo Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni maqsad qilgan. Biroq jamoaning hozirgi tarkibi bilan bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini yaxshi biladi.

Krishtianu agar klub tarkibini kuchaytirish uchun muayyan transferlarni amalga oshiradigan bo‘lsa, riyodliklar bilan yangi kelishuv tuzishga tayyor.

Endi buyog‘i “An-Nasr” rahbariyatiga bog‘liq. Krishtianu Ronalduga hozirdan yangi ish bor. Futbolchini tarbiyalagan “Sporting” uni Evropaga qaytarishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!