Ronaldudan keyin “Yuve” yana bir yulduzdan voz kechadi

  • 3 sentabr, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta maosh tufayli Krishtianu Ronalduni klubda olib qolmagan “Yuventus” ikkinchi hujumchi Paolo Dibalaga nisbatan ham xuddi shu yo‘lni tutmoqda.

Tecno

Turin superklubi xo‘jayinlari 27 yoshli argentinalik hujumchi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olgani yo‘q. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar anchadan beri davom etayotgan bo‘lsa-da, hali masalaning echimi ko‘rinmayapti.

Shartnomasi yozda yakunlanadigan Dibala klub rahbariyatidan yiliga 10 million evro miqdorida maosh talab qilyapti. Biroq, turinliklar Ronaldu ketib, etarlicha mablag‘ tejab qolinganiga qaramay, argentinalik hujumchining talabini qabul qilmasligini bildirdi.

Agar klub Dibala bilan yil oxirigacha kelisha olmasa, Dibala yanvar oyidan istagan klub bilan muzokara boshlashi mumkin bo‘ladi. Bu hujumchiga PSJ, “Inter”, “Barselona”, “Real”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi”dan jiddiy qiziqish bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!