Ronaldudan eng ko‘p jabr ko‘rgan terma jamoa aniqlandi

  • 9 sentabr, 2024, 14:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millatlar ligasi doirasidagi uchrashuvda Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Shotlandiyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Mezbonlarning g‘alabasini ta’minlagan golni o‘yinning 88-daqiqasida Krishtianu Ronaldu kiritdi.

39 yoshli hujumchi uzoq yillik faoliyati davomida Shotlandiya terma jamoasiga endigina yo‘l topa oldi xolos.

Stats Foot statistika markazi Krishtianu Ronalduning to‘purarlik borasida yangi rekordlarni qayd etdi. Unga ko‘ra, Shotlandiya mashhur hujumchidan gol o‘tkazgan 48-mamlakat bo‘ldi. Futbol tarixida Ronaldu bu ko‘rsatkichga erishgan yagona futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Umuman olganda, Ronaldudan eng ko‘p jabr ko‘rgan terma jamoa Lyuksemburg hisoblanadi. Krishtianu bu mamlakat futbolchilariga qarshi bahslarda jami 11 ta to‘p kiritgan. Keyingi o‘rinlarda Ronaldudan ettitadan gol o‘tkazgan Shvetsiya va Litva o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!