
Ronaldu — jarima maydonchasi ichidagi qotil
"Bavariya" himoyachisi Matteys de Ligt "Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ronaldu har doim yosh futbolchilarga yaxshi munosabatda bo‘lgan. U qo‘lidan kelganicha yordam beradi. Krishtianu tez orada 38 yoshga to‘ladi, lekin u 24 yoshli yigitlardek harakat qiladi. Ronaldu hali ham ko‘plab gol urmoqda. Bunday futbolchiga faqat qoyil qolish mumkin. Men uni jarima maydonchasi ichidagi qotil deb bilaman. Himoyachilar unga qarshi o‘ynagan paytda e’tiborini bir soniyaga ham yo‘qotmasligi kerak. Aks holda kech bo‘ladi”, - deya himoyachining so‘zlarini keltirgan “TMW” nashri.
Ma’lumot o‘rnida, De Ligt va Ronaldu "Yuventus"da birga o‘ynashgan. Ushbu yozda gollandiyalik himoyachi "Bavariya" bilan shartnoma imzoladi.
Fikrlar