Ronaldu “Yuve”ga yangi hujumchi tanladi

  • 28 avgust, 2020, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”ning asosiy to‘purari Krishtianu Ronaldu yangi mavsumda jamoa hujumida bosniyalik forvard Edin Jeko bilan birga o‘ynashga rozilik berdi.

Tecno

Ayni paytda turinliklar Andrea Pirlo shaxsan tarkibda ko‘rishni istayotgan 34 yoshli hujumchi bilan muzokara olib bormoqda. Agar u “Yuventus”ga o‘tsa, yiliga 7,5 million evro maosh va turli bonuslarga ega bo‘ladi.

“Yuventus” o‘tgan mavsum Ronalduning yonida o‘ynagan Paulo Dibalani sotib yuborishi mumkin. Argentinalik hujumchi turinliklardan yiliga 15 million evro maosh talab qilayotgani bois tomonlar kelisha olmayapti. Qolaversa, yana bir argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain “Yuventus”ni tark etishi aniq bo‘ldi.

Ronaldu maqsadini oshkor qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!