
Ronaldu "Yuve" rahbariyatiga qaysi futbolchilarni sotib olishni maslahat bermoqda?
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatiga bo‘lajak transferlar masalasida o‘z maslahatini berdi.
Calciomercato nashrining yozishicha, portugaliyalik futbolchi “keksa sinora” rahbariyatiga "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde va "Real Sosedad" xavbeki Mikel Oyarsabalni sotib olishni taklif qilgan. Ikkala futbolchining shartnomasi ham 2024 yilga qadar imzolangan.
Kundening ayni damdagi transfer narxi 40 mln evro, Oyarsabalniki 60 mln evroga baholanmoqda.
Kunde joriy mavsum “Sevilya” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi, Oyarsabal “Sevilya” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar