
Ronaldu yaxshi o‘ynamagan yoshlar bilan gaplashib qo‘yadi!
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriyaning 24-turida “Verona” bilan ochko bo‘lishganidan keyin, yosh futbolchilarning harakatidan norozi ekanini bildirdi. ”
- Biz og‘ir o‘yin bo‘lishini bilsak-da, hisob bizni ajablantirdi. Biz oldinga chiqib oldik, lekin ustunlikni ushlab qola bilmadik.
O‘yinda muhim detallar bor, afsuski yosh o‘yinchilar buni tushunmayapti. Mana shu mayda-chuyda narsalar natijaga ta’sir qilyapti. Bizga tajribali futbolchilar etishmayapti, yoshlar esa o‘yinning qaysi tomonga og‘ib borayotganini ko‘ra olmayapti. Men Krishtianu Ronaldu va Aleks Sandrodan yoshlar bilan gaplashib qo‘yishni so‘radim. Lekin bu ham ularga kamlik qilsa kerak, - dedi Pirlo.
Chempionlik unvonini himoya qilayotgan “Yuventus” joriy mavsumda 46 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar