
Ronaldu yangi sovrin berishdi
“An-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatining eng zo‘r to‘purari bo‘lgani uchun “Oltin butsa” bilan taqdirlandi.
- “An-Nasr” sardori Krishtianu Ronaldu 2024-2025 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha ketma-ket ikkinchi marotaba “Oltin butsa”ga loyiq ko‘rildi.
Unga sovrinni “An-Nasr”ning sobiq sardori va klub tarixida eng ko‘p gol urgan Majid Abdulla topshirdi, - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
40 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni Professional ligasida 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 25 marotaba ishg‘ol qilgandi. 2023 yildan beri “An-Nasr”da to‘p tepayotgan yuldaz yozda shartnomasini 2027 yilning yarmigacha uzaytirdi.
Fikrlar