
Ronaldu bitta imzo cheksa, haftasiga 3 million funtdan oladi
“An-Nasr” rahbariyati jamoaning eng mashhur futbolchisi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokarani ijobiy yakunlashga yaqin turibdi.
39 yoshli yulduzning amaldagi kelishuvi 30 iyun kuni tugaydi. Tomonlar hamkorlikni yana bir yilga uzaytirmoqchi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, saudiyaliklar Ronalduga katta maosh taklif qilyapti.
Agar Ronaldu yangi bitimni imzolasa, unga har hafta 3 million funtdan maosh to‘lanadi. Bu summa jamoaning natijalariga qarab, yana o‘sishi mumkinligi ham ko‘rsatilgan.
Krishtianu Ronaldu 2026 yil bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgan. Buning uchun undan yuqori sport formasini ushlab turishi talab etiladi.
Fikrlar