Ronaldu vataniga qarshi chiqsa, katta pul ishlab olishi mumkin

  • 10 yanvar, 2023, 16:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 2030 yilgi jahon chempionatiga nomzod Saudiya Arabistonining elchisi bo‘lishga rozi bo‘lsa, katta miqdorda pul ishlab olishi mumkin. Bu haqda AFP nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgi jahon chempionatini o‘tkazishga da’vogarlar orasida Krishtianuning vatani – Portugaliya ham bor. Pireneyliklar mundialni o‘tkazish uchun Ispaniya va Ukraina bilan birgalikda ariza topshirishadi.

Ronaldu Saudiya Arabistoniga o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida ko‘chib o‘tgandi. 37 yoshli markaziy hujumchi “AL-Nasr” bilan shartnoma imzoladi. Uning yangi klubidagi maoshi yiliga 200 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!