
Ronaldu uchun hal qiluvchi davr boshlandi
Evropa kuchli chempionatlari jamoalari yangi mavsumni boshlash arafasida turgan bir pallada “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda.
Portugaliyalik yulduz hali ham Lissabonda va yakka o‘zi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Biroq, jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnashmay turib, hech bir futbolchi yangi mavsumgato‘liq tayyorlana olmaydi.
- Ronaldu hech kimdan qochib yurgani yo‘q. U kun tartibini o‘zgartirmadi. Lissabonda reja asosida tayyorlanmoqda.
Krishtianu Jorje Mendeshdan xabar kutmoqda. Uning “Manchester Yunayted”ga qaytishi noma’lum. Oldindagi bir necha kun Ronaldu uchun muhim ahamiyatga ega.
Chunki yangi mavsumni jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnashmay turib, boshlab bo‘lmaydi, - dedi portugaliyalik taniqli futbol eksperti Pedro Sepulveda.
Fikrlar