
Ronaldu tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi (foto)
Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" tarkibiga qo‘shilish uchun Saudiya Arabistoniga etib keldi.
Portugaliyalik yulduz bugun "Al-Nassr" qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Jarayon muvaffaqiyatli yakunlandi va hujumchi o‘zining "Instagram"dagi sahifasiga surat yukladi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da riyodliklar uy stadionida Ronaldu ishtirokida tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar