Ronaldu tashkillashtirgan kechki ovqatga Portugaliyaning 3 futbolchisi kelmadi (foto)

  • 27 noyabr, 2022, 12:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda portugaliyalik jamoadoshlari uchun kechki ovqat dasturxonini tashkil qildi. Unga 3 futbolchidan tashqari barcha tashrif buyurdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, Bernardu Silva, Joau Kanselu va Xose Salar oilasi va yaqinlari bilan vaqt o‘tkazayotgani sababli tadbirga tashrif buyura olmagan. Ko‘plab gap-so‘zlarga qaramasdan, kechki ovqatda Brunu Fernandesh ham ishtirok etgan.

Avvalroq, Ronaldu va Fernandesh MYudagi vaziyat sabab yaxshi munosabatda emasligi aytilayotgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Portugaliya mundial guruh bosqichi 2-turida Urugvayga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 26-dan 27 noyabrga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.

ronal

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!