
Ronaldu tarixiy rekorddan keyin nimalar dedi?
Portugaliya terma jamoasi 2024 yilgi Evropa chempionatining saralash turniridagi ilk uchrashuvini Lissabondagi “Joze Alvalade” stadionida o‘tkazib, Lixtenshteyn ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
38 yoshli Krishtianu Ronaldu raqib darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi. Bu bahsdagi ishtiroki va natijalari orqali portugaliyalik yulduz terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazish, rasmiy bahslarda eng ko‘p gol urish, xalqaro maydonda to‘purarlik bo‘yicha bir necha rekordlarni yangiladi.
Tarixiy ahamiyat kasb etgan o‘yindan keyin Ronaldu o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Terma jamoa uchun yana maydonga tushish va gol urish juda yoqimli. Ayniqsa, o‘yin men uchun katta ahamiyatga bo‘lgan arenada tashkil qilingani ajoyib bo‘ldi.
O‘z mamlakatim bosh jamoasi uchun o‘yin o‘tkazish borasida rekordchi bo‘lganimdan faxrlanaman, - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Fikrlar