Ronaldu "Sporting", Messi "Nyuells Old Boyz" va boshqalar! Afsonalarni jonajon klubida kutishmoqda!

  • 19 may, 2021, 23:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi kunlarda Krishtianu Ronalduning Portugaliyaga qaytishi borasida mish-mishlar urchib ketdi. Agar “Krish” Lissabonga qaytsa, bu futbol olamida yangi trendni boshlab berishi turgan gap. Xo‘sh, yana kimlar yo‘l oxirda ilk klubi bilan bo‘lmoqchi? Bugun ana shunday futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola qilamiz.

Tecno

Janluijji Buffon (43 yosh) - "Yuventus"dan "Parma"ga

pduzkdpuzr

Shu kunlarda “Jiji” "Yuventus"ni tark etishini ma’lum qildi. Uning aytishiga qaraganda, Turinliklarga bo‘lgan hurmat yuzasidan "A Seriya"ning boshqa jamoasida to‘p surmoqchi emas. Hozirda Braziliya va Argentina klublari tirik afsona bilan shartnoma imzolash niyatida. Bu paytga kelib, Buffon futbolga kirib kelishi uchun imkoniyat yaratib bergan "Parma" "B seriya"ga tushdi. Agar "Parma" bilan shartnoma imzolansa, Jiji bir o‘q bilan ikki quyonni urishi mumkin.

Serxio Ramos - (35 yosh) - "Real"dan "Sevilya"ga

lpuko‘lo‘urlukr

"El-kapitano"ning kelajagi hali-hamon so‘roq ostida. Uning oldida ikki variant bor. "Real"da qolish yoki PSJ bilan shartnoma imzolash. SPORTS.uz esa, ispaniyalik futbolchiga 3-variantni taqdim etadi. Barqaror futbol namoyish etuvchi andalusiyaliklar Ramosning so‘nggi mavsumlari uchun ajoyib atmosfera taqdim etishi mumkin. Serxio, bu borada albatta o‘ylab ko‘r!

Pepe (38) - "Portu"dan "Martimu"ga

kerokeohkeorpkherh

"Real" bilan 3 bor EChLda zafar quchgan Pep faoliyatidagi ilk klublardan biri - "Portu"ga qaytganidan xabaringiz bor. Endi bu ishni yana bir bor takrorlash mumkin. Madeyra sharhi klubi o‘z tarbiyalanuvchisining ortga qaytishidan mamnun bo‘lishi aniq!

Jorjo Kellini (36) yosh - "Yuventus"dan "Livorno"ga

altsuo‘lpo‘tslupts

Jorjoni butun faoliyati "Yuventus"da o‘tgandek ko‘rinishi mumkin, lekin aslida unday emas. Qahramonimiz 2005-yilda Fiorentina" jamoasidan Turinga ko‘chib o‘tgan. "Binafshalar"dan avval esa, "Livorno" a’zosi edi. Kellini naqd 14 til davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan. Hozir uning C Seriyada harakat qilayotgan klubiga qaytishi jamoaga yaxshigina turtki bo‘lishi aniq.

Aleksander Kolarov (35 yosh) - "Inter"dan "Chukarichki"ga

duzerzkedokokeo

"Tsrvena Zvezda" jamoasi sharafini himoya qilishga uringan bo‘lsa-da, Serbiya grandi Kolarovdan voz kechadi. Shunday ekan, Angliya va Italiya chempioni ortga qaytsa, faqat "Chukarichka" bilan shartnoma imzolashi mumkin, xolos. Hozirda, jamoa Serbiya birinchiligida 4-pog‘onada bormoqda.

Jeyms Milner - (35 yosh) "Liverpul"dan - "Lids"ga

kluo‘puo‘lpluo‘r

Milner 8 yil davomida "tovuslar" sharafini himoya qilgan. APLdagi debyut o‘yinini ham shu jamoa safida 2002-yilda o‘tkazgan. O‘sha paytlar u hali 17 ga to‘lmagan o‘spirin edi. Yillar o‘tdi. Jeyms terma jamoada to‘p surdi, Angliya chempioni bo‘ldi va EChL oltin medallariga ega chiqdi. Milner so‘nggi intervyularidan birida "Lids Yunayted" libosini yana kiyish orzusida ekanligini tan oldi. Balki, kelasi mavsumda biz uni Marselo Belsa qo‘l ostida to‘p tepayotganiga guvoh bo‘larmiz?!

Andres Inesta - (37 yosh) "Vissel Kobe"dan "Barselona"ga

ptsulo‘ptsulo‘ltsp

Bugungi ro‘yxatimizdagi barcha futbolchilar grandlardan kamtarin jamoaga o‘tish arafasida turibdi. Andresda tamomila o‘zgacha vaziyat. 3 yil ilgari Kataloniyani tark etgan yarim himoyachi yana bir mavsum to‘p surishga qodir. Formasini hali yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Balki, jamoasini og‘ir vaziyatda qo‘llab yuborish uchun "Barsa"ga qaytish uchun o‘zida kuch topar?!

Luka Modrich (35 yosh)- "Real" Madriddan "Dinamo" Zagrebga

eorgeorjhjebe

Aslida, xorvat qarimaydiganlar sirasiga kiradi. Shu yoshida ham u Zidan qurgan "Real"ning asosiy ijrochisi bo‘lib turibdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, hech kim abadiy super formada bo‘lmasligi bor gap. Boz ustiga, Madridda qariyalarga qanday munosabatda bo‘linishi Serxio Ramos fonida ko‘rinib turibdi. Luka oilaparvar inson. U farzandlari o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharda istiqomat qilishi uchun ham Zagrebga qaytib kelishi mumkin. Bu barcha uchun ideal echim vazifasini o‘tab beradi.

Lionel Messi (33 yosh) - "Barselona"dan "Nyuells Old Boyz"

kwpoegkowekgwb

Iyun oyida Leo 34 yoshni qarshi oladi. Hozircha, faoliyatini qanday davom ettirish bobida yakuniy qarorni qabul qilgani yo‘q. Katta ehtimol bilan futbol dahosi yana bir necha yil Evropada qoladi. Shunga qaramay, 13 yoshida tark etgan klub uning yuragini bir chetini egallab turibdi.

Luis Suares (34 yosh) "Atletiko Madrid"dan "Nasonal"ga

keowgkowkge

Luisda ikkita variant bor. Biri Gollandiyaning "Ayaks" jamoasi bilan shartnoma imzolash yoki Janubiy Amerikaga qaytib ketish. Urugvayning barcha zamonlardagi eng kuchli jamoasi - "Nasonal" istalgan paytda “Luisito” uchun eshiklari ochiq ekanligini e’lon qildi. Shunday ekan, katta ehtimol bilan Suaresning so‘nggi jamoasi aynan Montevideo klubi bo‘ladi.

Krishtianu Ronaldu (36 yosh) "Yuventus"dan "Sporting"ga

kwoekgowekgwg

Ronaldu kelishidan avval "Sporting" yaxshigina shovqin ko‘tardi. 19 yillik tanaffusdan so‘ng, jamoa yana chempionlikni qo‘lga kiritdi. “KriRO” Lissabon jamoasi sharafini 6 yil davomida himoya qilgan va 31 o‘yinda maydonga tushgan. Keyin "Manchester Yunayted" orqali yulduzli onlari boshlangan. Hozir futbolchining oila a’zolari Madeyra shahrida istiqomat qiladi. Balki, shu omil Ronalduni "Sporting" bilan shartnoma imzolashiga sabab bo‘lar. Yana kim biladi deysiz?!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!