Ronaldu "Spetsiya"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?

  • 31 oktabr, 2020, 13:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusdan tuzalgani haqida xabar bergan edik. Italyan matbuotida tarqalgan xabarga ko‘ra, u yana bir marta test topshiradi.

Tecno

Ushbu test natijasi ham manfiy chiqsa, u jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shiladi va A Seriya 6-turidan o‘rin olgan "Spetsiya"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Portugaliyalik futbolchi bugun ham individual mashg‘ulot o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Ronalduda koronavirus aniqlangan va shundan so‘ng, o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!