Ronaldu sensatsion tarzda “An-Nasr”dan ketishi kutilyapti. Keyingi jamoa nomi ma’lum!

  • 7 noyabr, 2024, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonidagi klubini o‘zgartirishi kutilyapti.

Tecno

“An-Nasr” bilan to‘qqizta turnirda ishtirok etib, birorta sovrinni qo‘lga kirita olmagan Ronaldu faoliyatini ashaddiy raqib – “Al-Hilol”da davom ettirishi mumkin.

“An-Nasr”dan farqli ravishda musobaqalarda g‘olib chiqish usullarini biladigan “Al-Hilol” jarohatlardan qutila olmayotgan Neymar o‘rniga Krishtianu Ronalduni olib kelish ustida ish boshladi.

Bu klub mutasaddilarini 39 yoshli yulduzning to‘purarlik mahorati o‘ziga jalb qilyapti. Chunki Krishtianu yangi mavsumda ham barcha turnirlarda “An-Nasr”ga 14 ta uchrashuvda 10 ta gol urib berdi.

Ronalduning riyodliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Jahon futbolida 908 ta gol urib, rekord o‘rnatgan hujumchi 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashishni maqsad qilgan va shungacha faoliyatini tugatmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!