
Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati tez orada Evropaning qaysi chempionatlaridan kuchayib ketishini aytdi
Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘zi to‘p surayotgan Saudiya Arabistoni chempionati tz orada Turkiya va Niderlandiyaga qaraganda kuchliroq bo‘lishiga ishonmoqda.
“Saudiya Arabistoni chempionatida raqobat juda kuchli bo‘ladi. Men uch yildan keyin shunday bo‘lishini aytganman, ammo hozirgi sur’atda, ushbu liga bir necha oy ichida Turkiya va Niderlandiya ligalaridan o‘zib ketadi.
Bu erga UEFA prezidenti aytgandek “qariyalar” emas, Diogu Jota (“Al-Ittihod”ga o‘tdi) va Ruben Nevish (“Al-Hilol”ga o‘tdi) kabi yosh futbolchilar ham kelmoqda”, - deydi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning o‘zi ham shu yilning boshida "An-Nasr" klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar