
Ronaldu "Real"ni tabrikladi
Bugun jahonning eng buyuk klublaridan biri "Real" Madrid o‘zining 122 yilligini nishonlamoqda. "Qaymoqranglilar" klubi 1902 yilning 6 mart kuni tashkil topgan.
Sobiq "Real" hujumchisi va ayni damda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida harakat qilayotgan yulduz Ronaldu ham sobiq jamoasini tabriklashni esdan chiqarmadi.
"Madridistlarni 122 yillik shonli tarix bilan tabriklayman, Hala Madrid", - deya yozdi portugaliyalik futbolchi o‘zining instagramdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu 2009-2018-yillar mobaynida "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar