
Ronaldu: "Qiyin damda kim haqiqiy do‘st ekanligini bilib oldim"
"An-Nasr" futbolchisi Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Martines shogirdlarini oldinda Lixtenshteyn va Lyuksemburgga qarshi o‘yinlar kutmoqda. 38 yoshli hujumchi matbuot anjumanida qatnashdi va "Manchester Yunayted"dagi voqealar haqida gapirdi.
"Biz tog‘ning cho‘qqisiga chiqqan paytimizda, pastda nima borligini ko‘pincha bilmaymiz. Faoliyatimni yomon qismini boshdan kechirdim, buni tan olishdan qochmayman. Ammo hayot davom etadi", - dedi Krishtianu.
"O‘sha qiyin damda kim haqiqiy do‘st ekanligini bilib oldim", - deya qo‘shimcha qildi Ronaldu.
"An-Nasr" vakili yangi ligada o‘zini yaxshi his qilmoqda. U Saudiya chempionatida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar